← Retseptlar

Gulkaram rollari
Masalliqlar 4 porsiya uchun
- 300 g gulkaram
- 1 banka o‘z sharbatidagi MOEMORE tunesi
- 3 osh qoshiq qaymoqli pishloq
- 2 varaq nori
- 1 ta avokado
- 1 ta o‘rtacha bodring
- 0,5 choy qoshiq tuz
- Dasturxonga tortish uchun soya sousi
Tayyorlash tartibi
- Qadam 1Gulkaramni gulchalarga ajratib, blender idishiga solib, guruch kabi bo‘lguncha maydalang.
- Qadam 2Skovorodani zaytun yog‘i bilan qizdirib, karamni aralashtirib turgan holda 5–6 daqiqa qovuring. Tuz sepib, sovuting.
- Qadam 3Idishda karamni 2 osh qoshiq qaymoqli pishloq bilan birlashtirib, aralashtiring.
- Qadam 4Bodring va avokadoni yuving, avokadoning danagini olib tashlang. Avokado va bodringni uzun bo‘laklarga to‘g‘rang.
- Qadam 5Tunes bankasidan suyuqlikni to‘kib, kichik idishga solib, qolgan qaymoqli pishloq bilan aralashtiring.
- Qadam 6Bir varaq norini roll uchun bambuk gilamcha ustiga silliq tomoni pastga qaratib qo‘ying. Ustiga gulkaramni yoyib, uzun chetida taxminan 1 sm bo‘sh joy qolishi uchun tekislang. U yerga bir necha bo‘lak bodring va avokado hamda tunesli pishloq aralashmasining yarmini joylang. Gilamcha yordamida rollni o‘rab, har burilishda bosib boring. Xuddi shuni ikkinchi nori varag‘i bilan takrorlang.
- Qadam 7O‘tkir pichoq bilan rollni qalinligi 3–4 sm bo‘lgan bo‘laklarga kesing. Likopchalarga taqsimlab, soya sousi bilan torting.
Yoqimli ishtaha!